Ro‘zadorlarga iftorlik berish savobli amallardan hisoblanadi. Shuningdek, bu eski gina-kuduratlarni unutish, xursandchilikni birga baham ko‘rish uchun yaxshi bir bahona ham. Fotosuratchi Xolida Musulmon Chuvilloq qishlog‘idagi oila iftorlikka qanday tayyorgarlik ko‘rishi va ramazonchi bolalar haqida hikoya tayyorladi.
Sumalak — o‘ziga xos marosimlari bor, pishirilishi oson bo‘lmagan taom. Shu bois qishloqlarda uni bir necha oila bir bo‘lib tayyorlaydi. Farzandlari o‘qishga kirishi, uyida gaz, yurtda esa tinchlik bo‘lishini niyat qilib, qozon kavlaydi. Xolida Musulmon navbatdagi fotohikoyasi — qishloqda tayyorlangan sumalak haqida.
O‘zbekistonda fevral bahoriy iliqlik bilan boshlanib, yarim oyda qishligini eslab qoldi. Xususan, Jizzaxning Chuvilloq qishlog‘ida ham yashillikka burkangan qirlarni yana qor bosdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon qadrdon qishlog‘ida bir oyda kuzatilgan ikki fasl tarovatini kadrlarga muhrladi.
Qashqadaryodagi G‘elon qishlog‘i — O‘zbekistonning o‘ziga xos maskanlari ro‘yxatidagi borish shart bo‘lgan joylardan biri. Ammo qishda kamdan-kam sayyoh u yerga yetib boroladi. Fotojurnalist Xolida Musulmon Yangi yil arafasi G‘elonda bo‘lib qaytdi. Uning yangi fotohikoyasi — qahratondagi qishloq hayoti haqida.
Qishloqdagi Yangi yil shahardagi, ayniqsa poytaxtdagi bayramga o‘xshamaydi. Unda archa atrofida sayl, konsert degan narsalar yo‘q. “Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam va Xolida Musulmon 2024-yilni Andijon va Jizzaxdagi qadrdon qishloqlarida kutib oldi va qishloqdagi bayram tarovatini kadrlarga muhrladi.
“Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati e’lon qilinayotgan maqolalar orasidan har oy eng yaxshisini tanlab, uning mualliflari bilan alohida videosuhbat uyushtirishga qaror qildi. Iyul yakuniga ko‘ra, jurnalist Xolida Musulmonning “Qishloqdagi abituriyent do‘stimga” fotohikoyasi oy materiali deb topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting